tel +99894 614 07 79
(0595) 603-15-88

mail 24maktab@list.ru


- E'lonlarni bepul kiriting!
Manzili: http://unimarket.uz

 

Elektron qo'llanmalar » MIRZO ULUG’BEK (1394 - 1449)

2018-02-19 462 marta o'qildi
MIRZO ULUG’BEK (1394 - 1449)

MIRZO ULUG’BEK
(1394 - 1449)

Ulug‘bek 1394 yil 22 martda Eronning g‘arbidagi Sultoniya shahrida A. Temurning harbiy yurishlari paytida tug‘ilgan. To‘rt yoshidan boshlab uning tarbiyasi bilan buvisi Saroymulk va bobosi Temur shug‘ullanadilar. Ulug‘bekka shoir Muhammad Solihning bobosi Amir Shoh Malik vasiylik va murabbiylik qiladi. Amir Temur sevimli nevarasini safarlarda, yurishlarda ham birga olib yurgan. Temur vafotidan so‘ng 15 yashar Ulug‘bek Samarqand hokimi bo‘ladi. Poytaxti Hirot bo‘lgan Xuroson davlatini o‘zi boshqaradi.

Ulug‘bek o‘z atrofiga «o‘z davrining Aflotuni» deb nom oltan Qozizoda Rumiy (Ulug‘bek uni o‘ziga ustoz deb bilgan), «o‘z zamonasining Ptolomeyi» bo‘lgan Ali Qushchi, matemagik va astronomlar Mansur Koshiy, Birjandiy, Miram Chalabiy, G’iyosaddin Jamshid kabi olimlarni jamlagan. Samarqanddagi Obirahmat soyi yoqasida 3 qavatli, balandligi 50 metr bo‘lgan rasadxona qurdirib, unda 1018 ta yulduzning muvozanatini aniqlashgan. Ulug‘bek o‘g‘li Abdulatif roziligi bilan 1449 yshga yollangan qotil Abbos tomonidan o‘ldirilgan.

Asarlari: «Ziji jadidi Ko‘ragoniy», «Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola», «Risolai Ulug‘bek», «To‘rt ulus tarixi».

- - -

< Orqaga qaytish

- TAS-IX Reytingi:
24-maktab.uz
Sayt uchun mas'ul:
- Sherzod Bobonazarov
 

- Bizning kontakt manzilimiz:
Navoiy viloyati, Xatirchi tumani
A.Po'latov f.u, U.Boirov MFY. Indeks: 211017