tel +99894 614 07 79
(0595) 603-15-88

mail 24maktab@list.ru


- E'lonlarni bepul kiriting!
Manzili: http://unimarket.uz

 

Elektron qo'llanmalar » Zulfiyaxonim

2018-03-03 327 marta o'qildi
Zulfiyaxonim

Zulfiyaxonim 103 yoshda

O’zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, xalqaro tinchlik uchun kurash jarchisi Zulfiya Isroilova 1915 yili Toshkentda hunarmand oilasida tug‘ilgan.

Shoira xotin-qizlar bilim yurtida o‘qigan vaqtlarida (1931-1934) adabiy to‘garaklarda she’r mashq qila boshladi. 1935-1938 yillarda O’zbekiston Fanlar akademiyasining A.S. Pushkin nomidagi Til va adabiyot instituti aspiranturasida tahsil oldi.

So‘ngra 1938-1948 yillarda Bolalar nashriyotida muharrir, O’zbekiston Davlat nashriyotida bo‘lim boshlig’i, 1950-1953 yillarda esa «O’zbekiston xotin-qizlari” oynomasida bo‘lim boshlig‘i va nihoyat, 1953-1980 yillarda «Saodat» oynomasining bosh muharriri bo‘lib ishladi. 

Zulfiya 17 yoshida yozgan «Hayot varaqlari» (1932) nomli birinchi she’rlar to‘plami bilan Oydin, Myuzayyana Alaviya, Xosiyatxon Tillaxonovalar safiga kirib keldi. Yosh shoira poeziyasi zamonaviy, aktual mavzularga bag’ishlanadi. Zulfiyaning ijodiy kamolotida o‘zbek va rus klassiklari, xalq og’zaki ijodiyoti va jahon adabiyoti an’analarining roli benihoya bo‘ldi. 

Shoira «She’rlar» va «Qizlar qo‘shig’i» (1938) kabi poetik asarlarini ona-Vatan va uning dala, cho‘llarida mehnat qilayotgan paxtakorlar, mexanik, traktorchi qizlarning qaynoq hayotlariga bag‘ishlaydi. Ayni choqda mazkur to‘plamlardagi she’rlar yosh shoiraning she’riy mahorat sirlarini egallayotgan davrini xarakterlovchi asarlar sifatida ham muhim edi. 

Ulug` Vatan urushi davrida shoiraning «Uni Farhod der edilar» (1943), «Hijron onlarida» (1944) kabi to‘plamlarining nashr etilishi Zulfiyaning peshqadam shoirlar atoriga dadil kirib kelayotganligidan nishona edi. To‘plamdagi she’rlar Vatanga muhabbat, dushmanga nafrat va g’alabaga ishonch ruhida yaratilganligi bilan harakterlidir.

- - -

< Orqaga qaytish

- TAS-IX Reytingi:
24-maktab.uz
Sayt uchun mas'ul:
- Sherzod Bobonazarov
 

- Bizning kontakt manzilimiz:
Navoiy viloyati, Xatirchi tumani
A.Po'latov f.u, U.Boirov MFY. Indeks: 211017