Talaba-yoshlar auditoriyasi: quyidan yuqoriga

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining AKT va yoshlar boʻyicha yangi oʻrinbosari “Talaba-yoshlar auditoriyasi: quyidan yuqoriga” tamoyili asosida yangi loyihani boshladi. 

Yusuf Absoatov quyidagi mexanizm asosida ishlashni maʼqul topdi:

  1. Talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot va davra suhbati asosida ularni qiziqtirayotgan masalalar va qiynayotgan muammolarni aniqlash.
  2. Talaba-yoshlarning taʼlim-tarbiya ishlari samaradorligini oshirish boʻyicha takliflarini qabul qilish.
  3. Mutaxassis-ekspertlar yordamida talabalar tomonidan koʻtarilgan muammoli masalalar va ularning yechimlari boʻyicha takliflarni atroflicha tahlil qilish.
  4. Tahlillar asosida talabalarning darsdan boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish va ilm-fan yoʻnalishidagi bilimlarini yanada boyitish ishlarini tashkil etish yuzasidan yangi tavsiyalar asosida samarali mexanizm ishlab chiqiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan